O'zbekiston

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Sobiq qo‘riqchi ikki sherigi bilan avval ishlagan o‘quv markaziga bosqinchilik qilishni rejalashtirgan.

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

 

Toshkent shahridagi o‘quv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pulni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni rejalashtirgan uch nafar shaxs qo‘lga olindi.

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida jinoyat rejasining tashkilotchisi 1995-yilda tug‘ilgan, avval mazkur o‘quv markazida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan shaxs ekani aniqlangan.

 

Guruh a’zolari o‘zaro vazifalarni taqsimlab olgan. Sobiq qo‘riqchi markaz ichidagi vaziyatni o‘rganib, pul saqlanadigan joy haqida sheriklariga ma’lumot berishi, boshqa ishtirokchi esa elektr ta’minotini uzishi kerak bo‘lgan.

 

Rejaga ko‘ra, niqob taqqan guruh a’zolari binoga kirib, pullarni qoplarga joylashtirishi va ijaraga olingan avtomobilda olib chiqib ketishi lozim edi. Ulardan biri jinoyatni yashirish va guvohlarni chalg‘itish maqsadida ayollar kiyimida bo‘lishni ham rejalashtirgan.

 

Shuningdek, ular o‘g‘irlangan pullarni qo‘lga kiritgach, Farg‘ona viloyati orqali qo‘shni respublikalardan biriga chiqib ketishni mo‘ljallagan.

 

Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jinoyatning oldini olib, guruh a’zolarini qo‘lga oldi.

 

Tezkor tadbir davomida jinoyat uchun tayyorlangan niqoblar, bolg‘a, qoplar, qo‘lqoplar, ratsiyalar, eshiklarni ochishga mo‘ljallangan maxsus moslamalar, kalit nusxalari hamda xorijga chiqish pasporti ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonlarida saqlash tartibi o‘zgaradi.

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Buxoroda muhofaza etiladigan hududda quyonni noqonuniy ovlagan besh fuqaro aniqlandi.

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.