O'zbekiston

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonlarida saqlash tartibi o‘zgaradi.

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

 

24-dekabrdan boshlab Toshkentda avtomobillarni evakuator orqali olib ketish va jarima maydonlarida saqlash jarayoni yangi qoidalar asosida tashkil etiladi. Butun jarayon, avtomobilni yuklashdan tortib egasiga qaytarishgacha, yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

 

Bu haqda Markaziy yo‘l harakatini boshqarish markazi (TsODD) matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Yangi qoidalarga ko‘ra, haydovchi avtomobilni evakuatorga yuklash boshlanishidan oldin yetib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, transport vositasi jarima maydoniga olib ketilmaydi. Biroq yuklash jarayoni boshlanganidan keyin avtomobilni olib ketishni to‘xtatish mumkin bo‘lmaydi.

 

Shuningdek, avtomobilni saqlash uchun to‘lov yuklash boshlangan vaqtdan e’tiboran har bir sutka uchun hisoblanadi. Transport vositasi egasiga faqat elektron tizim orqali shakllantirilgan QR-kodli ruxsatnoma asosida topshiriladi.

 

Agar avtomobil olti oy davomida jarima maydonidan olib ketilmasa, uni saqlash bilan bog‘liq qarzdorlik majburiy undiriladi. 12 oy o‘tgach esa sud transport vositasini egasiz deb topishi mumkin.

 

Evakuatsiya va saqlash narxlari

Toshkentda avtomobilni olib ketish xizmati uchun bir kilometrga 88 ming so‘mgacha, biroq jami 1 mln 760 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda haq belgilangan.

 

Jarima maydonida saqlash narxi esa bir sutka uchun 88 ming so‘mgacha bo‘ladi.

 

Masalan, avtomobilni 3 kilometr masofaga olib ketish va jarima maydonida 3 sutka saqlash uchun jami 528 ming so‘mgacha to‘lov talab etilishi mumkin. Bu summaga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun belgilangan jarima kirmaydi.

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Buxoroda muhofaza etiladigan hududda quyonni noqonuniy ovlagan besh fuqaro aniqlandi.

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Sobiq qo‘riqchi ikki sherigi bilan avval ishlagan o‘quv markaziga bosqinchilik qilishni rejalashtirgan.

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.