O'zbekiston

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

Buxoroda muhofaza etiladigan hududda quyonni noqonuniy ovlagan besh fuqaro aniqlandi.

Ekopolitsiya reydida mojaro: brakonyerlar ekopolitsiya xodimiga tan jarohati yetkazdi

 

Buxoro viloyatining Peshku tumanida muhofaza etiladigan hududda noqonuniy ov qilgan besh nafar fuqaro ekopolitsiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga qarshilik ko‘rsatgan. Hodisa oqibatida xodimlardan biri tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Peshku tumanidagi Qorakir massivida ekopolitsiya xodimlari tomonidan reyd tadbiri o‘tkazilgan.

 

Tekshiruv davomida tumanda yashovchi besh nafar fuqaro muhofaza etiladigan hududda taqiqlangan tungi yoritish moslamasi va ov qurolidan foydalanib, noqonuniy ov qilgani aniqlangan. Natijada jami 13 ta quyon ovlangani ma’lum bo‘lgan.

 

Holatni aniqlashtirish jarayonida xodimlar harakatlanib kelayotgan UAZ rusumli avtomobilni tekshirish uchun to‘xtatgan. Biroq avtomobildagi fuqarolar ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, qarshilik ko‘rsatgan.

 

Hodisa davomida ekopolitsiya xodimlaridan biri tan jarohati olgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ham jalb etilgan.

 

Ayni paytda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

QR-kodsiz avtomobil berilmaydi: Evakuatorga yuklangan mashinani qaytarib olish qiyinlashadi

Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonlarida saqlash tartibi o‘zgaradi.

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Ichkaridan tuzilgan reja barbod bo‘ldi: Toshkentda o‘quv markazini tunamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi

Sobiq qo‘riqchi ikki sherigi bilan avval ishlagan o‘quv markaziga bosqinchilik qilishni rejalashtirgan.

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.