O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi


Bugun, 5-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 



Prezident Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar Tojikiston xalqining ravnaqi yo‘lidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.



O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.



Hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadallashib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, transport, energetika, geologiya, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklik davom etmoqda.



Hududlar o‘rtasida va madaniy-gumanitar jabhada faol almashinuvlar amalga oshirilmoqda.



Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Ular pulni soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, keyinchalik o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.