Jahon

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ehtimoliy harbiy mojaro oqibatlari haqida gapirar ekan, Kaliforniyadagi Los-Anjeles va San-Diego shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi.

 

Tramp bu haqda Nebraska shtatining Grand-Aylend shahrida o‘tkazilgan mitingda so‘zlagan.

 

Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar sabab yoqilg‘i va boshqa tovarlar narxining oshishi tinchlik hamda AQSh xavfsizligini ta’minlash uchun to‘lanadigan narxdir.

 

“Ular shaharni vayron qilishlari mumkin. Los-Anjelesni vayron qilishsin, San-Diegoni vayron qilishsin. Bu juda kichik narx va barchasi juda tez orada tugaydi”, — degan Tramp.

 

AQSh prezidenti bunday ehtimoliy yo‘qotishlar mamlakatning qo‘ygan maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilmasligini bildirgan.

 

Shuningdek, Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan AQSh oldida keyingi qadamlarni belgilash zarurati turganini aytgan. U mojaro “yaxshi yoki yomon” ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkinligini bildirgan.

 

Trampning Los-Anjeles va San-Diego haqidagi bayonotlari uning Eron bilan ehtimoliy harbiy mojaro uchun AQSh zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan xavflar haqidagi fikrlari doirasida yangragan.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Flydubai reysidagi hodisa ortida Eron turgan bo‘lishi mumkin — Tramp

Biroq AQSH vitse-prezidenti hozircha buni tasdiqlovchi maʼlumot yo‘qligini bildirgan.

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi — JSST

Demensiya, depressiv buzilishlar va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar oshgan.

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

“Uchinchisi yo‘q”: Aliyev AQSH va Xitoyni dunyoning ikki superkuchi deb atadi

Uning taʼkidlashicha, Boku har ikki davlat bilan strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.