O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

Tadbirda MDH mamlakatlari milliy oshxonasining pazandachilik an’analari namoyish etildi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida o‘tkazilgan milliy taomlar festivalida ishtirok etdi.

 

Tadbirda MDHning to‘qqiz mamlakati — O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning milliy oshxonasi pazandachilik an’analari namoyish etildi.

 

O‘zbekiston ekspozitsiyasida mamlakatning turli hududlariga xos non va pishiriqlar, qandolat mahsulotlari hamda quritilgan mevalar taqdim qilindi. Mehmonlarga o‘zbek nonvoychiligining qadimiy an’analari haqida ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, festival mehmonlari somsaning turli turlari, Xorazmga xos shivit oshi va tuxumbarak tayyorlanish jarayonlarini tomosha qildi. O‘zbek palovining turli ko‘rinishlari va milliy oshxonaning boshqa taomlari ham namoyish etildi.

 

O‘zbekiston stendida milliy hunarmandchilik mahsulotlariga ham alohida o‘rin berildi. Rishton, Buxoro, Marg‘ilon va Samarqandlik hunarmandlar o‘z mahsulotlari hamda ularni tayyorlashning an’anaviy usullarini ko‘rsatib berdi.

 

Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar festivalga o‘ziga xos bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

 

Shavkat Mirziyoyev va boshqa delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston ekspozitsiyasi bilan tanishganidan so‘ng festivalda taqdim etilgan boshqa mamlakatlarning milliy taomlari va madaniy namunalari bilan ham tanishdi.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.