Jahon

Eron AQSH bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi — Pezeshkian

Eron prezidentining aytishicha, tomonlar takliflar almashgan va ularga tuzatishlar kiritmoqda.

Eron AQSH bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi — Pezeshkian



Eron AQSH bilan hujumlarga qaramay, muzokaralarni davom ettirish niyatida. Tehron va Vashington o‘zaro takliflar almashgan, hozirda ularga tuzatishlar kiritilmoqda. Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda maʼlum qildi.


Pezeshkianning aytishicha, Eron AQSH bilan muloqot olib borayotganiga qaramay, har safar muzokaralar ortidan hujumlarga duch kelmoqda. Shunga qaramasdan, Tehron muzokaralar stolini tark etmoqchi emas.


Eron prezidenti tomonlar bir-birining takliflarini olgani va ularga tegishli tuzatishlar kiritganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, takliflar yakunlangach, tomonlar vositachilar orqali muzokaralar natijalarini umumlashtiradi.