Jahon

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Sud jarayoni 2027-yil 1-iyunga belgilangan.

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

 

AQShda Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga nisbatan yangi jinoiy ayblovlar ilgari surildi. Ular orasida qiynoqlar uyushtirish uchun til biriktirish, narkoterrorizm, AQShga kokain olib kirish bilan bog‘liq til biriktirish hamda qurolga oid jinoyatlar bor. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi ma’lum qildi.

 

Prokuratura ayblovlariga ko‘ra, Maduro, Flores va Venesuelaning boshqa yuqori martabali amaldorlari siyosiy raqiblarni ta’qib qilish hamda hokimiyatni saqlab qolish maqsadida zo‘ravonlik va qiynoqlardan foydalanilgan tizimni shakllantirgan. Idora qiynoqlarga elektr toki bilan zarba berish, bo‘g‘ish, jinsiy zo‘ravonlik, oziq-ovqat va suvdan mahrum qilish kabi usullarni ham kiritgan. Ayrim jabrlanuvchilar AQSh fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda.

 

AQSh Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yangi ayblovlar avvalgi narkotik moddalar savdosi va qurol bilan bog‘liq ayblovlarga qo‘shimcha ravishda ilgari surilgan.

 

Maduro va Flores 2026-yil yanvarida Venesuelada o‘tkazilgan AQSh operatsiyasi davomida qo‘lga olinib, AQShga olib ketilgan. Ular avvalgi ayblovlar bo‘yicha aybsiz ekanini bildirgan.

 

AQSh Adliya vazirligi ayblovlar sudda isbotlanishi kerakligini ta’kidlagan. Sud hukmi chiqarilmaguncha, Maduro va Flores aybsiz deb hisoblanadi.