Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi
Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Chilonzor tumanining qator mahallalari, maktablar, bog‘chalar va tibbiyot muassasalarida 21-oktabr soat 09:00 dan 22-oktabr soat 14:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
«Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ ma’lum qilishicha, 2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli Chilonzor tumanidagi quyidagi 19 ta — "1-Charx Kamolon", "2-Charx Kamolon", "3-Charx Kamolon", "Novza", "2-Katta Chilonzor", "3-Katta Chilonzor", "Chilonzor", "Dilobod", "Xalqlar do‘stligi", "Beshchinor", "Diyor", "Qozirabod", "Naqqoshlik", "Katta Do‘mbirobod", "Do‘mbirobod", "Gavhar", "Nafosat", "Oqtepa", "Yakkabog‘" mahallalarida suv ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi.
Shuningdek, 182-, 178-, 173-, 162-, 128- va 168-sonli maktablarda, 336-, 364-, 291-, 267-, 89-, 256-, 230-, 36-, 24-, 178- va 182-sonli bolalar bog‘chalarida ham suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, 1-Respublika tibbiyot kolleji, Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, shahar prokuraturasi, 22-sonli Mehribonlik uyi hamda akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya amaliy tibbiyot markazi ham uzilish kuzatiladigan obyektlar qatorida.
Qozonxonalarda suv ta’minoti uzilishi sababli ayrim hududlarda issiq suv hamda ichimlik suvi bir vaqtda to‘xtashi mumkin.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.








