O'zbekiston

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Yangi tartibga ko'ra, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

 

Hukumatning 2026-yil 19-oktabrdagi 577-son qarori bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Qarorga muvofiq, 2030-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi muayyan mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslarga besh yil muddatga beriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan shaxslarning tegishli kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.

 

Mazkur jarayon uchun mas’ul vakolatli organ — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi hisoblanadi.

 

2027-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda xodimlar mutaxassisligi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan ixtiyoriy tartibda o‘tkaziladi. Bunda maxsus imtihon natijalari yoki malaka toifasini berish jarayoni asos bo‘ladi. Malaka toifasi berilayotganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin.

 

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 20 yillik ish stajiga va ilmiy darajaga ega xodimlar maxsus imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Biroq murojaat sanasiga qadar mutaxassisligi bo‘yicha uch yil yoki undan ortiq vaqt davomida uzluksiz kasbiy faoliyat yuritmagan xodimlar bundan mustasno.

 

Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat qilish mumkin. Elektron arizalar dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, sutkaning istalgan vaqtida yuboriladi.

 

Vakolatli organ kelib tushgan so‘rovnomani besh ish kuni ichida o‘rganib, talabgorni maxsus imtihonga qo‘yish yoki qo‘ymaslik haqida qaror qabul qiladi.

 

Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Uni Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri orqali tekshirish mumkin. Guvohnomaning qog‘oz shaklidagi asl nusxasi yoki dublikati berilmaydi.

 

Kasbiy faoliyatni davom ettirish uchun xodimlar har besh yilda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim.

 

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq davlat vakillari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

Dunyoning beshta eng yirik energetika giganti qatoriga kiruvchi Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi prezidenti Chjou Sinxuay boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga keldi.

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Samarqand va Xorazmda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.