O'zbekiston

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

Dunyoning beshta eng yirik energetika giganti qatoriga kiruvchi Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi prezidenti Chjou Sinxuay boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga keldi.

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

 

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) prezidenti Chjou Sinxuay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

 

Muzokaralarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi neft-gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, mavjud loyihalarni jadallashtirish hamda yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. CNPC “O‘zbekneftgaz”ning muhim hamkorlaridan biri ekani ta’kidlandi.

 

Tomonlar burg‘ilash, geologiya-qidiruv, seysmik tadqiqotlar, konlarning gaz berish samaradorligini oshirish, raqamlashtirish, loyihalash va zamonaviy uskunalar yetkazib berish yo‘nalishlaridagi hamkorlik natijalarini muhokama qildi. CNPC tarkibidagi Xibu, BGP, CCDC va CNLC kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuvda “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu loyiha doirasida qutqaruv quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilgani qayd etildi.

 

Shuningdek, ichki bozorni yoqilg‘i bilan barqaror ta’minlash uchun neft mahsulotlarini yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar uzoq muddatli yetkazib berish mexanizmlarini ishlab chiqish va tegishli kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.

 

Hamkorlikni rivojlantirish doirasida Toshkent shahrida CNPCning doimiy vakolatxonasini tashkil etish, qo‘shma loyihalarni muvofiqlashtirish uchun ma’muriy infratuzilma yaratish hamda ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish takliflari ham ilgari surildi.

 

Kadrlar tayyorlash masalasida esa I. M. Gubkin nomidagi neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialini qo‘llab-quvvatlash muhokama qilindi. Ushbu tashabbus neft-gaz sohasi uchun malakali muhandis-texnik mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirish, yangi texnologik yechimlarni joriy etish va qo‘shma loyihalarni amaliy natijalarga yo‘naltirishga tayyor ekanini bildirdi.

Samarqandda “Bolalar farovonligiga sarmoya” Jahon sammiti boshlandi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga sarmoya” Jahon sammiti boshlandi

Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq mamlakatlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Yangi tartibga ko'ra, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Samarqand va Xorazmda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.