O'zbekiston

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev intensiv baliqchilikni rivojlantirish va energotejamkor limonchilik issiqxonalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Loyihalar orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Mamlakatda yiliga 1 million tonna baliq yetishtirish maqsad qilingan. Shu munosabat bilan Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi 24 ta meliorativ tik quduq atrofida intensiv baliqchilik majmualarini tashkil etish taklif qilindi.

 

Har biri 50 sotix maydonni egallaydigan loyihalarda yiliga kamida 30 tonna forel yetishtirish va 10 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Baliqchilik jarayonlarini yagona tizimda boshqarish uchun xolding tashkil etish ham taklif qilindi.

 

Baliqchi tajribasini boshqa hududlarda qo‘llash maqsadida 2027-yil 1-martga qadar respublikadagi 4 mingdan ortiq meliorativ tik quduq xatlovdan o‘tkaziladi. Baliq yetishtirishga yaroqli quduqlarni ilg‘or tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish rejalashtirilgan. Xonobodda sovuq suv baliqlarini yetishtirish va qayta ishlash, Ulug‘norda esa suv havzalari negizida baliqchilik loyihalarini amalga oshirish ham ko‘zda tutilmoqda.

 

Taqdimotda limonchilikni rivojlantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Baliqchi tumanidagi to‘qqizta mahalla atrofida 100 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurib, ularni tayyor holda tadbirkorlarga taklif etish rejalashtirilgan. Limon yetishtirishdan tortib, uni qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va sotishgacha bo‘lgan jarayonlar yagona kooperatsiya tizimiga birlashtiriladi.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 ta issiqxonada mahalliy oilalardan kamida 1 ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Limon ko‘chatlari hosilga kirguniga qadar oraliq ekinlar yetishtirish orqali ham qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratiladi.

 

Baliqchi tajribasi asosida kelgusi yilda hududlarda jami 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxona majmualari barpo etish rejalashtirilgan. Bu orqali kambag‘al oilalar va ishsizlarni qamrab olib, 2 mingta oilaning daromadini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Taqdimot yakunida davlat rahbari loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda aholini baliqchilik va limonchilikka o‘qitish xarajatlarini qoplash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

YPX xodimiga bo‘ysunmadi va haqorat qildi: talabalar ishi prokuraturaga oshirildi

Samarqandda YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgan texnikum o‘quvchilari aniqlandi.

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Farmatsevtlar uchun ham bayram: O‘zbekistonda kasb bayrami nomi o‘zgarishi mumkin

Tibbiyot xodimlari kunini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni deb o‘zgartirish taklif qilindi.