O'zbekiston

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Samarqand va Xorazmda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand va Xorazm viloyatlarida Bojxona hamda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi giyohvandlik moddasini noqonuniy muomalaga kiritish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

 

Birinchi holat Samarqand viloyatining Urgut tumanida qayd etilgan. Tezkor ma’lumot asosida 1973-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning hovlisiga ko‘mib qo‘yilgan sof og‘irligi 4 kilogramm 988 gramm “opiy” moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Ikkinchi holat Xorazm viloyatida aniqlangan. “Surxondaryo — Xorazm” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomobil “Sarimoy” blok-postida to‘xtatilgan. Avtomobilda Termiz shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro bo‘lgan.

 

Ularning uyali aloqa vositalari ko‘zdan kechirilganda, Buxoro viloyatining Romitan tumani hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro avtomobil yo‘lining bir qismida giyohvandlik moddasi yashirilgani ma’lum bo‘lgan. Ko‘rsatilgan joydan 539 gramm “opiy” moddasi olingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar ushbu moddani Xorazm viloyatida sotishni rejalashtirgan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

Dunyoning beshta eng yirik energetika giganti qatoriga kiruvchi Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi prezidenti Chjou Sinxuay boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga keldi.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.