Madaniyat

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi



Londonda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Buyuk Britaniya Musiqa industriyasi uyushmasi (UK Music) rahbari Tom Kiehl bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni, xususan, musiqa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmonov ham ishtirok etdi.



Muloqot davomida Britaniyaning musiqa bozorini boshqarish, ovoz yozish sanoati va zamonaviy musiqa menejmenti bo‘yicha ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlash, musiqachilar, prodyuserlar va ovoz muhandislari uchun britan mutaxassislari ishtirokida trening hamda mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.



Musiqa industriyasini raqamlashtirish, mualliflik huquqini himoya qilish va striming platformalari bilan samarali ishlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, ikki mamlakat ijodkorlari ishtirokida qo‘shma festivallar, gastrol safarlari va xalqaro musiqa loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.



Safar doirasida Ozodbek Nazarbekov Londondagi Royal College of Music (RCM) rahbari Kevin Porter bilan ham uchrashdi. Tomonlar oliy musiqa taʼlimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy va jahon mumtoz musiqasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi.



Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va RCM o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglashuv memorandumini imzolash, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



Shuningdek, RCM professorlarini O‘zbekistondagi konservatoriya va ixtisoslashtirilgan musiqa maktab-internatlarida mahorat darslari o‘tkazish uchun jalb etish, o‘zbekistonlik yosh pedagoglarning Londonda malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi uchun imkoniyat yaratish rejalashtirilmoqda.



Iqtidorli yosh musiqachilarga RCMning bakalavriat va magistratura dasturlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda maxsus grantlar asosida tahsil olish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishga ham kelishildi.



Ijodiy yo‘nalishda esa RCM orkestri va bastakorlari bilan hamkorlikda o‘zbek milliy cholg‘ulari hamda maqom sanʼati asosida simfonik asarlar yaratish, shuningdek, London sahnalarida qo‘shma konsertlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.



Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qayd etilishicha, mazkur kelishuvlar O‘zbekistonda musiqa taʼlimiga ilg‘or xalqaro tajriba va standartlarni joriy etish, yosh musiqachilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda milliy musiqa sanʼatini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

BERNAMA: "O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tadqiqotlar uchun BMT arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi"

Malayziyaning BERNAMA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro ilmiy hamkorligi va BMT kutubxonasi hamda arxivlaridan foydalanish imkoniyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.