Jahon

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan 80 ta targ‘ibot tashkilotini aniqlagan. Ular mamlakatning 30 ta universitetida faoliyat yuritgan. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Hegset X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.

 

Hegsetning aytishicha, vazirlik so‘nggi ikki oy davomida ushbu tashkilotlar faoliyatini tugatish bilan shug‘ullangan. Uning ta’kidlashicha, ular intellektual mulkni o‘zlashtirish va amerikalik talabalarning dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatish bilan shug‘ullangan.

 

Pentagon rahbari mazkur tuzilmalar amalda Xitoyning xalqaro madaniy-ma’rifiy markazlari tarmog‘i bo‘lgan «Konfutsiy institutlari» faoliyatini davom ettirganini ta’kidladi. AQSh universitetlari 2020-yildan keyin ushbu institutlarni ommaviy ravishda yopishni boshlagan. Bunga AQSh Davlat departamentining ularni Xitoyning xorijdagi missiyasi deb tan olishi sabab bo‘lgan.

 

University World News nashrining xabar berishicha, «Konfutsiy institutlari» bilan hamkorlikni to‘xtatgan ayrim ta’lim muassasalari Xitoy hukumatiga millionlab dollar miqdoridagi subsidiyalarni qaytarishga majbur bo‘lgan.

 

Biroq AQSh Milliy olimlar assotsiatsiyasining 2022-yilgi hisobotida ayrim universitetlar Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan yangi hamkorlik shartnomalarini tuzgani, yangi markazlar ochgani va Xitoy hukumatining tegishli idoralaridan mablag‘ olishda davom etgani qayd etilgan.

 

Hegsetning ma’lum qilishicha, AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

 

«Bu bizning ixtirolarimizni o‘zlashtirishga yoki yoshlarimizni o‘z davlatiga qarshi qayrashga urinayotgan har qanday mamlakat uchun saboq bo‘lsin», — dedi Pentagon rahbari.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.