Jahon

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Virus Uganda, Nigeriya va Keniya kabi boshqa Afrika davlatlarida ham qayd etilgan.

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirganlar soni 10060 nafarga yetdi, 4887 kishi vafot etdi. Bu mamlakat tarixidagi eng tez tarqalayotgan va eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan Ebola epidemiyasidir.

 

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi holatlarning qariyb 80 foizi sog‘liqni saqlash idoralari kuzatayotgan ma’lum yuqish zanjirlariga kirmaydi. Kasallik sakkizta viloyatdagi 66 ta tibbiy hududda qayd etilgan.

 

Epidemiya qo‘shni davlatlarga ham tarqalgan. Ugandada Kongo Demokratik Respublikasidan qaytayotgan fuqarolar uchun 21 kunlik karantin joriy etilgan. Nigeriyada aeroportlarda tekshiruv kuchaytirilgan, Shveysariyada esa Ugandada virus yuqtirgan ayol davolanishga olingan. Keniyada Ebola bilan kasallanishning to‘qqizta holati tasdiqlangan, ulardan ikki nafari vafot etgan.

 

Epidemiyaga Bundibugyo virusi sabab bo‘lmoqda. Unga qarshi hozircha tasdiqlangan vaksina yoki davolash usuli yo‘q. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu virusga qarshi vaksinaning ilk klinik sinovi boshlanganini bildirgan.