Jahon

“Bu vaqtni behuda sarflash edi” — Tramp

AQSH prezidenti Eron bilan sulhdan mamnun bo‘lmaganini aytdi.

“Bu vaqtni behuda sarflash edi” — Tramp

 

Donald Tramp Eron bilan yozda erishilgan harbiy sulhdan mamnun bo‘lmaganini aytdi. U Missisipi shtatida Respublikachilar partiyasi tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida kelishuvni vaqtni behuda sarflash deb baholagan.

 

“Biz kichik bir sulh tuzdik, men bundan unchalik mamnun emas edim. Menimcha, bu vaqtni behuda sarflash edi”, — degan Tramp.

 

Amerika yetakchisi Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlash qarorini izohlar ekan, AQShning boshqa chorasi bo‘lmaganini ta’kidladi. Uning aytishicha, mojaro ancha oldin hal qilinishi kerak edi va janglar tez orada yakunlanadi.

 

Tramp, shuningdek, Hurmuz bo‘g‘ozi orqali bir nechta kemaning o‘tishiga ruxsat berilganini qayd etgan. Uning fikricha, bunday yondashuv kutilgan natijani bermagan.

Yaponiya Afg'onistondagi bolalarni emlashga ko‘maklashmoqda — UNICEF

Yaponiya Afg'onistondagi bolalarni emlashga ko‘maklashmoqda — UNICEF

Afg‘onistonda 21 milliondan ortiq odam gumanitar yordamga muhtoj bo‘lishi kutilmoqda.

800 mingta korrupsiya ishi: Xitoyda 9 oyda 73 nafar amaldorga ish qo‘zg‘atildi

800 mingta korrupsiya ishi: Xitoyda 9 oyda 73 nafar amaldorga ish qo‘zg‘atildi

Shu davrda 680 ming kishi intizomiy jazoga tortilgan.

Bir sutkada 143 mm yomg‘ir: Pxuketda ko‘chalar suv va loy ostida qoldi

Bir sutkada 143 mm yomg‘ir: Pxuketda ko‘chalar suv va loy ostida qoldi

Orolda bir sutkada 142,8 millimetrgacha yog‘ingarchilik kuzatildi.

Hindistonda musson talafoti: chaqmoq urishidan 14 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda musson talafoti: chaqmoq urishidan 14 kishi halok bo‘ldi

Kuchli yomg‘irlar 62 ta ko‘chkiga sabab bo‘lgan.

Urush davom etmoqda: Ukrainada harbiy holat yana 90 kunga uzaytirildi

Urush davom etmoqda: Ukrainada harbiy holat yana 90 kunga uzaytirildi

2022-yil fevralidan beri amal qilib kelayotgan harbiy holat va umumiy safarbarlik muddati navbatdagi bor uzaytirilmoqda.

AQSh Eronga zarba berishga 96 soatda tayyor bo‘lishi mumkin — CNN

AQSh Eronga zarba berishga 96 soatda tayyor bo‘lishi mumkin — CNN

Pentagon energetika, harbiy va yadroviy obyektlariga ehtimoliy zarbalar uchun nishonlar ro‘yxatini ishlab chiqmoqda.

Noqonuniy yo‘lovchi tashish mojarosi: Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik erkak taksi haydovchisini kaltaklashda gumonlanmoqda

Noqonuniy yo‘lovchi tashish mojarosi: Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik erkak taksi haydovchisini kaltaklashda gumonlanmoqda

Haydovchini kaltaklashda gumonlanayotgan 30 yoshlardagi O‘zbekiston fuqarosining shaxsini videokuzatuv yozuvlari orqali aniqlagan.

Starlink tizimi hujumlar uchun ishlatilmasligi kerak — Mask

Starlink tizimi hujumlar uchun ishlatilmasligi kerak — Mask

Uning fikricha, sun’iy yo‘ldoshlarning yo‘q qilinishi kosmosda katta miqdordagi chiqindilar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.