O'zbekiston

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda so‘nggi yillardagi islohotlar natijalarini qayd etdi.

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda soha vakillarini yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, ularning mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.

 

“Inson oilasining baxtini ko‘rishi, halol mehnat qilib, orzulariga yetishi va umrini mazmunli o‘tkazishi uchun, avvalo, sog‘liq kerak. Shu bois, inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilaganmiz”, — dedi Prezident.

 

Ta’kidlanishicha, so‘nggi o‘n yilda mamlakatda 10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi poliklinika va shifoxonalar ishga tushirilib, 58 mingta shifo o‘rni yaratildi. Zamonaviy shifoxonalar sonining ko‘payishi va xususiy sektorga keng imkoniyatlar berilishi natijasida tibbiy xizmatlar hajmi uch karra oshdi.

 

Avval xorijda amalga oshirilgan tug‘ma yurak nuqsonlarini davolash, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va bosh miyadagi murakkab operatsiyalar kabi yuzdan ortiq turdagi tibbiy xizmatlar bugun O‘zbekistonda ham ko‘rsatilmoqda.

 

Prezident bu natijalarga erishishda tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati muhim o‘rin tutayotganini qayd etdi.

 

Uchrashuvda tibbiyotni raqamlashtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu jarayon xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda. Yaqin vaqt ichida tizim sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan boyitilib, shifokor va hamshiralar faoliyatiga ko‘mak berishi rejalashtirilgan.

 

Farmatsevtika sohasida esa mamlakat ehtiyojining 70 foizini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qoplash maqsad qilingan. Shu yo‘nalishda so‘nggi yillarda 1 milliard dollarlik 330 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

 

Shuningdek, “Toshkent biofarm siti” klasteri hamda Andijon, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Ularda umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ham belgilanmoqda.

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Mutaxassislar havo ifloslanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, inson faoliyati va meteorologik sharoitlarni tahlil qilmoqda.

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

O‘zbekistonda oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash dasturi 2028-yildan barcha hududlarda joriy etiladi.

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Hafta davomida Toshkentda quruq ob-havo kutilmoqda.

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Yong‘indan so‘ng uchta alohida yong‘in o‘chog‘i va qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan.

Universitetga o‘qishga kiritish va’dasi: 18 mln so‘m olayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Universitetga o‘qishga kiritish va’dasi: 18 mln so‘m olayotgan shaxs qo‘lga tushdi

U fuqaroni universitetning 3-kursiga kiritishni va’da qilib, pul talab qilgan.

Misrga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun yengillik: yangi kirish qoidalari kechiktirildi

Misrga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun yengillik: yangi kirish qoidalari kechiktirildi

Avvalroq 2026-yil 1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Misrga kirishi bo‘yicha yangi tartiblar joriy etilishi ma’lum qilingandi.

Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi

Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi

“Paxtakor” va “Alisher Navoiy” metro bekatlari orasidagi o‘tish yo‘lagida eskalator vaqtincha to‘xtatilgan.