O'zbekiston

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

O‘zbekistonda oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash dasturi 2028-yildan barcha hududlarda joriy etiladi.

Infarkt va insultdan erta o‘lim 15 foizga kamaydi: dastur barcha hududlarni qamrab oladi

 

Shavkat Mirziyoyev oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash ishlari Samarqanddan boshlanishini, 2028-yildan esa mamlakatning barcha hududlarida joriy etilishini ma’lum qildi. Ushbu maqsadlar uchun yiliga 700 milliard so‘m ajratiladi.

 

Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollardagi o‘smalar va bolalardagi onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash dasturlari ham davom ettiriladi.

 

Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Toshkent shahrida infarkt hamda insultni erta aniqlash va davolash dasturi natijasida ushbu kasalliklardan erta o‘lim holatlari besh oyda 15 foizga kamaygan. Kasallik boshlanganidan keyingi “oltin soat”da 855 nafar inson erta o‘lim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolingan.

 

Kelasi yili ushbu dastur uchun 280 milliard so‘m ajratilib, u barcha tuman va shaharlarni qamrab oladi.

 

Aholi uchun kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi ham kengaytiriladi. Kelasi yili bepul beriladigan dori vositalari turlari 73 taga, tibbiy tekshiruvlar turlari esa 36 taga yetkaziladi.

 

Shuningdek, ta’lim, tibbiyot muassasalaridagi qurilish, sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi va xodimlar madaniyatini qamrab oluvchi “Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari” joriy etiladi.

 

“Har qanday inson poliklinikaga kirganda, avvalo, ozodalikni, tartibni, madaniyatni ko‘rishi kerak”, — dedi davlat rahbari.

 

Shu maqsadda birlamchi tibbiy yordam bo‘g‘ini xodimlari bosqichma-bosqich maxsus kiyim-bosh bilan bepul ta’minlanadi.

 

Joriy yilda ilk bor tuman miqyosidagi eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari bo‘yicha viloyat tanlovlari o‘tkazilmoqda. G‘oliblar 30 million so‘mdan mukofotlanadi.

 

Kelasi yildan rag‘batlantirish choralari yanada kuchaytiriladi. Viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 14 nafar shifokor elektromobil bilan taqdirlanadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi eng yaxshi 10 ta loyiha muallifiga esa 200 million so‘mdan grant beriladi.

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot mutaxassislariga 5,5 million so‘mgacha ustama: yangi tartiblar e’lon qilindi

Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish choralari ham belgilanmoqda.

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Toshkent havosi nega ifloslanmoqda? Sabablar laboratoriyada o‘rganilmoqda

Mutaxassislar havo ifloslanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, inson faoliyati va meteorologik sharoitlarni tahlil qilmoqda.

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni yaratildi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda so‘nggi yillardagi islohotlar natijalarini qayd etdi.

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Hafta davomida Toshkentda quruq ob-havo kutilmoqda.

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Yong‘indan so‘ng uchta alohida yong‘in o‘chog‘i va qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan.

Universitetga o‘qishga kiritish va’dasi: 18 mln so‘m olayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Universitetga o‘qishga kiritish va’dasi: 18 mln so‘m olayotgan shaxs qo‘lga tushdi

U fuqaroni universitetning 3-kursiga kiritishni va’da qilib, pul talab qilgan.

Misrga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun yengillik: yangi kirish qoidalari kechiktirildi

Misrga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun yengillik: yangi kirish qoidalari kechiktirildi

Avvalroq 2026-yil 1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Misrga kirishi bo‘yicha yangi tartiblar joriy etilishi ma’lum qilingandi.

Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi

Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi

“Paxtakor” va “Alisher Navoiy” metro bekatlari orasidagi o‘tish yo‘lagida eskalator vaqtincha to‘xtatilgan.