Jahon

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

 

Ispaniyaning markaziy qismidagi Toledo provinsiyasida ikkita tezyurar poyezd to‘qnashishi oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda mahalliy ABC xabar bermoqda.

 

Hodisa 28-oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:54 da, Urda shahri yaqinidagi Madrid–Sevilya tezyurar temiryo‘l liniyasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Madrid–Sevilya yo‘nalishida harakatlangan Renfe kompaniyasining AVE poyezdi relsda to‘xtab turgan Iryo kompaniyasiga tegishli poyezdga orqadan urilgan.

 

To‘qnashuv oqibatida Iryo poyezdining to‘rtta vagoni relsdan chiqib ketgan, ulardan kamida ikkitasi qiyalikdan pastga qulagan. Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

 

Voqea joyiga qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari safarbar etilgan. Jabrlanganlarni qutqarish va ularga yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.

 

Halokat sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv boshlangan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, temiryo‘l harakatini boshqarish tizimidagi nosozlik va inson omili ehtimoliy sabablar qatorida ko‘rib chiqilmoqda. Biroq hodisaning aniq sababi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

 

Avariya sababli Madrid, Syudad-Real va Andalusiya o‘rtasidagi tezyurar poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.

 

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches halokatdan chuqur qayg‘uda ekanini bildirib, qurbonlar va ularning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

Belgilangan vaqtda ketma-ket ikki marta kelmagan tashuvchilarning depoziti davlat budjetiga o‘tkaziladi.

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti xalqaro huquqning ahamiyati pasayishi va BMT obro‘si bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Pentagonning hisob-kitobiga ko‘ra, mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i o‘q-dorilarga sarflangan.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

Rossiya prezidenti Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish siyosatini tanqid qildi.

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Samolyotni 2034-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Virus Uganda, Nigeriya va Keniya kabi boshqa Afrika davlatlarida ham qayd etilgan.