Jahon

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

AQSh harbiy rahbariyati Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha bir nechta variantni taqdim etgan.

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

 

AQSh harbiy rahbariyatining Yaqin Sharq yo‘nalishi uchun mas’ul yuqori lavozimli vakili Donald Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha bir nechta variantni taqdim etdi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) AQSh rasmiylari va uchrashuvdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr manbalariga ko‘ra, uchrashuv Oq uyda bo‘lib o‘tgan. Unda AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset va Qurolli kuchlar shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Den Keyn ham qatnashgan.

 

WSJ qayd etishicha, muhokamada AQSh ma’muriyatining boshqa a’zolari ham ishtirok etgan. Suhbat mavzulari faqat Eron bilan bog‘liq masalalar bilan cheklanmagan.

 

Avvalroq, oktyabr oyida ayrim OAV AQSh va Isroil rasmiylari Eronga qarshi yangi zarbalar berish ehtimolini muhokama qilayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

 

Associated Press xabariga ko‘ra, AQSh rasmiylari Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini Eron bilan harbiy mojaro qayta boshlanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

Reuters esa AQShga Eron bilan avvalgi mojaro davomida yo‘q qilingan harbiy texnikani almashtirish uchun 6,1 milliard dollar kerak bo‘lishi mumkinligini yozgan.

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning ikki nafari Turkiya fuqarosi, biri esa xorijlik bo‘lgan.

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.