Jahon

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning ikki nafari Turkiya fuqarosi, biri esa xorijlik bo‘lgan.

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

 

Turkiyaning Nevshehir viloyati Go‘reme hududidagi Kapadokiyada qoyalar qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohatlandi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

 

Hodisa Kapadokiya muzeyiga kirish qismida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yomg‘ir sababli yuzaga kelgan ko‘chki qoyalar qulashiga olib kelgan.

 

Turkiya ichki ishlar vaziri Mustafo Chiftchi qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanganini ma’lum qilgan. Uning qayd etishicha, vayronalar ostidan uch kishining jasadi topilgan, yana besh kishi jarohatlangan holda qutqarilgan.

 

Nevshehir viloyati gubernatori Husayn Ko‘kning aytishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari Turkiya fuqarosi, biri esa xorijlik bo‘lgan. Jarohatlangan sayyohlar shifoxonalarga yetkazilgan. Ulardan to‘rt nafari uyiga javob berilgan, yana bir kishining davolanishi davom etmoqda.

 

Hodisa Turkiyada Respublika kuni nishonlanayotgan, Kapadokiya sayyohlar bilan gavjum bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan.

 

Ma’lumot uchun, Kapadokiyaning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan “pari mo‘rilari” — shamol va suv eroziyasi natijasida shakllangan konussimon vulqon jinslaridir. Qadimda bu tabiiy qoyalar ichida turar joylar va diniy inshootlar barpo etilgan.

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

AQSh harbiy rahbariyati Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha bir nechta variantni taqdim etgan.

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.