O'zbekiston

“O‘zbekiston uchun, o'zbeklar uchun birov kelib hech narsa qilib bermaydi” — Mirziyoyev

Prezident Italiyada ishlashga tayyorlanayotgan hamshiralar bilan uchrashib, yoshlarni vaqtni boy bermasdan kasb va til o‘rganishga undadi.

“O‘zbekiston uchun, o'zbeklar uchun birov kelib hech narsa qilib bermaydi” — Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiyada ishlash uchun tayyorlanayotgan o‘zbekistonlik hamshiralar bilan muloqot qildi. Ular yanvar oyidan Milan shahridagi shifoxonalarda ish boshlaydi.

 

Davlat rahbari bugun dunyoda, ayniqsa, Yevropada hamshiralarga talab yuqori ekanini ta’kidlab, yoshlarni vaqtni boy bermasdan til va kasb o‘rganishga chaqirdi.

 

“Bir kun ham vaqtingiz bekorga o‘tmasin. Shiddat bilan o‘tayotgan zamonda faqat bir narsa qutqaradi — mehnatimiz bilan hurmat qilishga majbur qilish”, — dedi Prezident.

 

Shavkat Mirziyoyev hamshiralarga xorijda nafaqat ishlash va malaka oshirish, balki o‘zbek madaniyati, urf-odatlari va tarixini ham tanitish muhimligini ta’kidladi.