O'zbekiston

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

Farg‘onada Departament tergovchisi pora olganlikda gumonlanmoqda.

Tergovdagi yordam evaziga 100 ming dollar: Farg‘onada mansabdor shaxs ushlandi

 

Farg‘ona viloyatida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona shahar bo‘limi tergovchisi pora olganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, DXX xodimlari Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

 

Tadbir davomida tergovchi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini ayblanuvchi foydasiga hal qilish, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirish hamda unga nisbatan e’lon qilingan qidiruvni bekor qilish evaziga 100 ming AQSH dollari miqdorida pora olganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.