O'zbekiston

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Kelasi yili Buxorodan Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahraynga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

 

Buxoroda xalqaro standartlarga muvofiq, qiymati 300 million dollar bo‘lgan yangi aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning o‘zida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Aeroportni shahar markazi bilan bog‘lash uchun 24 kilometrlik avtomobil yo‘li barpo etiladi. Shuningdek, avtobuslar uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lagini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev aeroport va unga olib boradigan yo‘lni Mustaqillik bayramigacha foydalanishga topshirish vazifasini qo‘ydi. Yangi infratuzilma Buxoroga keluvchilar uchun qulaylik yaratishi va hududning transport imkoniyatlarini kengaytirishi ta’kidlandi.

 

Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Kelasi yili Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boshlash topshirildi.

 

Yig‘ilishda turizm xizmatlari va sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlarni ko‘paytirish masalasi ham muhokama qilindi. Joriy yilda viloyatga 3,5 million nafar xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Kelgusida bu ko‘rsatkichni ikki baravar oshirish maqsad qilingan.

 

Shu maqsadda Eski shahar, Yetti pir, Chor Bakr, Poykent, Varaxsha va Vardonze kabi tarixiy majmualarni yagona turizm konsepsiyasi asosida bog‘lash rejalashtirilgan.

 

Buxoro shahridagi Gulchorbog‘ mahallasida 50 gektar maydonda 80 million dollarlik turizm markazi tashkil etiladi. Unda ko‘rgazmalar zali, amfiteatr va mehmonxonalar joylashadi.

 

Jalol Ikromiy mahallasida xalqaro tadbirlarga mo‘ljallangan 60 million dollarlik kongress-xoll qurilmoqda. Uning yonida “Hilton” va “Holiday Inn” brendlari ostida ikkita yetti qavatli mehmonxona barpo etilmoqda.

 

Bundan tashqari, sakkizta markaziy ko‘cha milliy va zamonaviy me’moriy yechimlar asosida yangilanadi, oltita xiyobon bunyod etiladi.

 

Viloyat markazini kengaytirish doirasida Buxoro tumanidagi 1 ming gektar maydonda 500 million dollarlik turizm klasterini barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha sayyohlarning Buxoroda qolish muddatini o‘rtacha 4–5 kungacha uzaytirish imkonini berishi kutilmoqda.

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha avariya holatida, maktabda esa sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan.

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida ishlovchi farroshlarning oylik maoshlari kechiktirilayotgani yoki umuman berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Viloyatda jamoat transportini rivojlantirish, aeroport va vokzallar atrofidagi xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi turar joy massivlarini qurish topshirildi.

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

Xorijda kam maoshga ishlayotgan buxoroliklar kasbga o‘qitilib, yuqori daromadli ishga joylashtiriladi.

Buxoro va Samarqand orasidagi yo‘l 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda

Buxoro va Samarqand orasidagi yo‘l 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda

Viloyatda 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi

41 yoshli erkak yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo'lgan.

10 yilgacha qamoq: O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi

10 yilgacha qamoq: O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi

Ekstremistik materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, taqiqlangan tashkilotlar ramzlarini tarqatish uchun jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritish rad etildimi? Endi onlayn shikoyat qilish mumkin

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritish rad etildimi? Endi onlayn shikoyat qilish mumkin

Murojaatlar 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.