O'zbekiston

Buxoro va Samarqand orasidagi yo‘l 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda

Viloyatda 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Buxoro va Samarqand orasidagi yo‘l 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

“Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar bilan kelganmiz”, — dedi davlat rahbari.

 

Yig‘ilishda dastlab ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu yo‘nalishda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning ikkinchi bosqichiga qo‘shimcha 248 million dollar jalb qilinadi.

 

Natijada viloyatning barcha tuman va shaharlarida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, 775 ming kishi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi.

 

Prezident odamlar bu o‘zgarishlarni kutayotganini ta’kidlab, mas’ullarga loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Shuningdek, viloyat transport infratuzilmasini yaxshilash rejalari ham muhokama qilindi. Joriy yilda Buxoro orqali o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yakunlanadi.

 

Kelasi yili M-37 avtomobil yo‘lining viloyat hududidan o‘tuvchi 69 kilometrlik qismini yangilash ishlari boshlanadi. Qiymati 200 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 kilometrlik aylanma yo‘l ham quriladi.

 

Bundan tashqari, Samarqand – Buxoro yo‘nalishida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘l ikki shahar o‘rtasidagi safar vaqtini hozirgi besh soatdan bir yarim soatgacha qisqartirishi kutilmoqda. Shu yo‘nalishda tezyurar poyezd uchun yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi ham ko‘zda tutilgan.

 

Davlat rahbari mutasaddilarga avtomobil va temir yo‘l loyihalarining master-rejalarini yakunlash hamda hamkorlar bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha avariya holatida, maktabda esa sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan.

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida ishlovchi farroshlarning oylik maoshlari kechiktirilayotgani yoki umuman berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Viloyatda jamoat transportini rivojlantirish, aeroport va vokzallar atrofidagi xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi turar joy massivlarini qurish topshirildi.

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

Xorijda kam maoshga ishlayotgan buxoroliklar kasbga o‘qitilib, yuqori daromadli ishga joylashtiriladi.

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Kelasi yili Buxorodan Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahraynga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi

41 yoshli erkak yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo'lgan.

10 yilgacha qamoq: O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi

10 yilgacha qamoq: O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi

Ekstremistik materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, taqiqlangan tashkilotlar ramzlarini tarqatish uchun jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritish rad etildimi? Endi onlayn shikoyat qilish mumkin

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritish rad etildimi? Endi onlayn shikoyat qilish mumkin

Murojaatlar 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.