O'zbekiston

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Avariya, yong‘in, portlash va boshqa texnogen favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan fuqarolar 30 kun ichida tegishli komissiyaga murojaat qilishi kerak.

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

 

O‘zbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholash va qoplash tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning 606-son qarori (2026-yil 3-noyabr) bilan tegishli nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarga transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli hamda yong‘in-portlash xavfi mavjud obyektlardagi hodisalar, energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar, bino konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi va boshqa holatlar kiradi.

 

Jabrlanganlarga yetkazilgan zarar tegishli tuman yoki shahar hokimligi huzuridagi maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi holatlarda qoplab beriladi:

  • sud tomonidan favqulodda vaziyat uchun aybdor shaxslar aniqlanguniga qadar;

  • aybdor deb topilgan yuridik shaxslar yoki ularning mansabdor shaxslari belgilangan muddatda zararni to‘liq qoplash imkoniga ega bo‘lmagan hollarda.

 

Jabrlanganlar favqulodda vaziyat yuz bergan kundan boshlab 30 kun ichida belgilangan shakldagi arizani to‘ldirib, tegishli komissiyaga topshirishi lozim.

 

Komissiya dalolatnomasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy yordam to‘lanadi:

  • favqulodda vaziyat oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga (turmush o‘rtog‘i, farzandlari, ota-onalari va qaramog‘idagi shaxslar) — har bir oila a’zosiga teng ulushda BHMning 500 baravarigacha;

  • og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarga — BHMning 200 baravarigacha;

  • o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan fuqarolarga — BHMning 150 baravarigacha;

  • yengil tan jarohati olgan fuqarolarga — BHMning 100 baravarigacha.

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Viloyatda piyozning chakana narxi kilogrammi uchun 4 000–4 500 so‘mni tashkil etmoqda.

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

10 turdagi pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi.

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun yangi javobgarlik choralari belgilandi.

5 ming dollar evaziga “Umra” va’dasi: Samarqandda firma xodimi ushlandi

5 ming dollar evaziga “Umra” va’dasi: Samarqandda firma xodimi ushlandi

Firma tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.