O'zbekiston

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga zarar yetdi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

 

2026-yil 5-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahri Uchtepa tumani Chilonzor-23 dahasidagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida havo-gaz aralashmasi chaqnashi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

 

Xabar kelib tushgach, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

 

Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga qisman zarar yetgan. Bir nafar fuqaro tan jarohati olib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Hozirda chaqnashning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Avariya, yong‘in, portlash va boshqa texnogen favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan fuqarolar 30 kun ichida tegishli komissiyaga murojaat qilishi kerak.

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Viloyatda piyozning chakana narxi kilogrammi uchun 4 000–4 500 so‘mni tashkil etmoqda.

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

10 turdagi pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi.

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun yangi javobgarlik choralari belgilandi.

5 ming dollar evaziga “Umra” va’dasi: Samarqandda firma xodimi ushlandi

5 ming dollar evaziga “Umra” va’dasi: Samarqandda firma xodimi ushlandi

Firma tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.