O'zbekiston

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

 

Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash intizomini mustahkamlash maqsadida nazorat tadbirlari kuchaytirildi. Xususan, poytaxtdagi 42, 56, 74, 84, 120, 169, 174 va 177-sonli avtobus yo‘nalishlari alohida nazoratga olindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

2026-yil 28-oktabrdan 2-noyabrga qadar o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan 2 152 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

Qoidabuzarliklar eng ko‘p quyidagi yo‘nalishlarda qayd etilgan:

  • 174-yo‘nalishda — 291 ta;

  • 120-yo‘nalishda — 286 ta;

  • 56-yo‘nalishda — 284 ta;

  • 169-yo‘nalishda — 284 ta.

 

Nazorat davrida ayrim yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimi ham oshgan. Jumladan, 2-noyabr kuni 28-oktabrga nisbatan 174-yo‘nalishda tashilgan yo‘lovchilar soni 1 692 nafarga yoki 32,4 foizga, 56-yo‘nalishda esa 1 256 nafarga yoki 13,9 foizga ko‘paygan.

 

Ma’lum qilinishicha, olti kun davomida mazkur sakkizta yo‘nalishda jami 326 453 nafar yo‘lovchi tashilgan va 6 501 ta qatnov amalga oshirilgan.

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Aeroportda xorijdan kelgan yo‘lovchilarning yuklari va shaxsiy buyumlari tekshirilganda, jami 691 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga zarar yetdi.

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Avariya, yong‘in, portlash va boshqa texnogen favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan fuqarolar 30 kun ichida tegishli komissiyaga murojaat qilishi kerak.

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Viloyatda piyozning chakana narxi kilogrammi uchun 4 000–4 500 so‘mni tashkil etmoqda.

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

10 turdagi pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi.

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun yangi javobgarlik choralari belgilandi.

5 ming dollar evaziga “Umra” va’dasi: Samarqandda firma xodimi ushlandi

5 ming dollar evaziga “Umra” va’dasi: Samarqandda firma xodimi ushlandi

Firma tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.