AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, orolga ikkita raketa tushgan.

AQSh kuchlari Hurmuz bo‘g‘ozidagi Eronning Qeshm orolida joylashgan zenit-raketa inshootiga zarba berdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Floridada jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilgan.
Trampning aytishicha, zarba 6-noyabr kuni kechqurun berilgan va natijada Eronning havo mudofaasiga tegishli obyekt yo‘q qilingan.
“Men bu haqda gapirishni istamayman. Biz kichik zarbalar bermoqdamiz, ammo ular samarali. Ular u yerga kichik zenit qurolini o‘rnatdilar va biz uni taxminan 15 daqiqada, ehtimol besh daqiqada yo‘q qildik”, — degan AQSh prezidenti.
Eron OAVlari tunda Qeshm orolida bir nechta portlash sodir bo‘lganini xabar qilgan.Tasnim agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, orolga ikkita raketa tushgan.
Taxminan bir soat o‘tib, Eron armiyasi matbuot xizmati Qeshm oroli osmonida Amerikaning MQ-9 droni tutib olinganini ma’lum qilgan. Eron tomonining bildirishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va zarar yetmagan.
Axios nashrining qayd etishicha, AQShning zarbasi Qeshm orolidan Amerika harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotiga raketa uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fox News AQSh 9-noyabr kuni Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.







