Jahon

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy ma’muriyat hujum yuzasidan qarama-qarshi ma’lumot bergan.

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Yamanning janubi-g‘arbiy qismidagi bozorga uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda husiylar nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili ma’lum qildi.

 

Husiylar vakili Anis al-Sabohiy Al Masirah telekanaliga bergan intervyusida hujum Taiz viloyatining al-Vaziya hududidagi bozorga qaratilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin. U hujum uchun Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyani ayblagan.

 

Biroq Taiz mahalliy ma’muriyati voqea yuz berganini tasdiqlagan holda, hujum oqibatida odamlar halok bo‘lgani va jarohatlanganini bildirgan. Shu bilan birga, ma’muriyat hodisada husiylarni ayblab, hududda hech qanday havo hujumi amalga oshirilmaganini ta’kidlagan.

 

Associated Press agentligi hujum uchun mas’uliyat haqidagi qarama-qarshi da’volarni hozircha mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan.

 

Mazkur voqea husiylar va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlayotgan hukumat kuchlari o‘rtasidagi jangovar harakatlar qayta boshlanganidan buyon eng ko‘p qurbonlarga sabab bo‘lgan hujumlardan biri bo‘lishi mumkin.

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Uning sof boyligi so‘nggi haftada 90 milliard dollarga qisqargan.

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

Oq uyda 4–5-noyabr kunlari Donald Tramp va milliy xavfsizlik jamoasi Eronga zarbalarni qayta boshlash masalasini muhokama qilgan.

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oleshki shahridagi gumanitar operatsiya va ikki davlat bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

U o‘z ishidan mamnunligini va prezident uchun ishlash doim rejasida bo‘lganini aytgan.

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi qurolli hujum: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar o‘qituvchi ham bor.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.