Jahon

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

Vagonlardan biridagi ventilyatorda qisqa tutashuv yuzaga kelgani yong'inga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

 

Hindistonning Panjob shtatida Karmabhoomi Express tezyurar yo‘lovchi poyezdining to‘rtta vagonida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa vaqtida poyezd Amritsar tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Bu haqda The New Indian Express xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in Sarai Banjara temir yo‘l stansiyasi yaqinida yuz bergan. Yong‘in aniqlangach, xavfsizlik tizimi ishga tushirilgan va poyezd zudlik bilan to‘xtatilgan. Yo‘lovchilar vagonlarni tark etishga majbur bo‘lgan, ayrimlari esa harakatlanayotgan poyezddan sakrab tushgan.

 

Voqea joyiga politsiya va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib kelib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan. Shimoliy temir yo‘lning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Himanshu Shekhar Upadhyayning aytishicha, tegishli xizmatlar hodisa joyida ish olib borgan.

 

Ambala temir yo‘l bo‘limi boshlig‘i Vinod Kumar Bhatia nashrga bergan ma’lumotida hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida xabar kelib tushmaganini bildirgan.

 

Ma'lum qilinishicha, yong‘in vagonlardan biridagi ventilyatorda yuzaga kelgan qisqa tutashuv sababli boshlangan bo‘lishi mumkin.

 

Hozircha hodisaning barcha tafsilotlari va yong‘in oqibatlariga oid qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilmagan.

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti uning sha’niga she’r o‘qimoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib, bunday qilmaslikni so‘radi.

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Agar qonunbuzarlik tasdiqlansa, TikTok jarimaga tortilishi mumkin.

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston 21 yoshli fuqarosi Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilinganini bildirdi.

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Yamanda bozorga havo hujumi uyushtirildi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy ma’muriyat hujum yuzasidan qarama-qarshi ma’lumot bergan.

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Saylovdan keyingi ikki kun: Ilon Mask kompaniyalari 420 mlrd dollar yo‘qotdi

Uning sof boyligi so‘nggi haftada 90 milliard dollarga qisqargan.

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

AQSh Eronga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda: ehtimoliy sana ma’lum qilindi

Oq uyda 4–5-noyabr kunlari Donald Tramp va milliy xavfsizlik jamoasi Eronga zarbalarni qayta boshlash masalasini muhokama qilgan.

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Putin va Zelenskiyga maktub: Melaniya Tramp Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oleshki shahridagi gumanitar operatsiya va ikki davlat bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

“Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman”: Rubio iste’fosi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

U o‘z ishidan mamnunligini va prezident uchun ishlash doim rejasida bo‘lganini aytgan.