15 kunda 5 601 ta bayonnoma: avtobuslarda chipta to‘lamaslik holatlari aniqlandi
Toshkent viloyatiga qatnovchi 18 ta avtobus yo‘nalishida nazorat kuchaytirildi.

1–15-noyabr kunlari Toshkent viloyatiga qatnovchi 18 ta avtobus yo‘nalishida kuchaytirilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Natijada yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan yo‘lovchilarga nisbatan 5 601 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, nazorat tadbirlari “Toshkent shahar yo‘lovchilar tashishni monitoring qilish va nazorat qilish” davlat muassasasi inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan.
Nazorat davomida yo‘lovchilarga avtobusga chiqishda yo‘l haqini to‘lash zarurligi, transport va bank kartalari hamda boshqa naqdsiz to‘lov usullaridan foydalanish tartibi, shuningdek, chiptasiz yurishning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berilgan.
Qoidabuzarliklar eng ko‘p qayd etilgan yo‘nalishlar quyidagicha:
-
8T yo‘nalish — 593 ta;
-
145-yo‘nalish — 585 ta;
-
194-yo‘nalish — 531 ta;
-
65-yo‘nalish — 517 ta;
-
74-yo‘nalish — 417 ta.
Nazorat tadbirlari Toshkent viloyatiga qatnovchi avtobus yo‘nalishlarida davom ettirilmoqda.








