O'zbekiston

Layk yig‘ish uchun mashinada tryuklar ko‘rsatdi: 14 yoshli o‘quvchi yo‘l bezoriligini sodir etdi

O‘quvchi otasining Lacetti avtomobilini yashirincha olib chiqib, yo‘lda xavfli tryuklar qilgan.

Layk yig‘ish uchun mashinada tryuklar ko‘rsatdi: 14 yoshli o‘quvchi yo‘l bezoriligini sodir etdi

 

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 14 yoshli o‘quvchi otasiga tegishli Lacetti avtomobilini olib chiqib, yo‘lda xavfli manyovrlar qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, holat 10-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan bola avtomobilni otasi uyda bo‘lmagan paytda olib chiqib, harakat davomida avariya holatlarini yuzaga keltirgan va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlik qilgan.

 

O‘quvchining aytishicha, u yomg‘irli havoda avtomobilning qo‘l tormozini tortib, turli tryuklar ko‘rsatgan va ularni videoga olgan. Bunday harakatlardan maqsadi ijtimoiy tarmoqlarda layklar yig‘ish bo‘lgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, u G‘uzor tumanidagi 34-maktabning 8-sinfida tahsil oladi.

 

Holat yuzasidan bolaning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi — bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish majburiyatlarini bajarmaslik hamda 135-moddasi — tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarishga yo‘l qo‘yish bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

15 kunda 5 601 ta bayonnoma: avtobuslarda chipta to‘lamaslik holatlari aniqlandi

15 kunda 5 601 ta bayonnoma: avtobuslarda chipta to‘lamaslik holatlari aniqlandi

Toshkent viloyatiga qatnovchi 18 ta avtobus yo‘nalishida nazorat kuchaytirildi.

10 dan ortiq bola: Namanganda uyida noqonuiy hujra tashkil qilgan shaxs ushlandi

10 dan ortiq bola: Namanganda uyida noqonuiy hujra tashkil qilgan shaxs ushlandi

U bolalarga diniy saboq berib kelgan va har bir bola uchun oyiga 100 dollar olgan.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetadi

Toshkentda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetadi

18-noyabr tongga yaqin esa asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.

Ta’lim muassasalari xodimlariga yangi ustamalar: ish stajiga qarab 120 foizgacha to‘lanadi

Ta’lim muassasalari xodimlariga yangi ustamalar: ish stajiga qarab 120 foizgacha to‘lanadi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ayrim ta’lim muassasalari bosh hisobchilari va kadrlar bo‘yicha inspektorlariga mehnat stajiga qarab oylik ustama to‘lanadi.

Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda viza tartiblarini yengillashtirish masalasi ham muhokama qilindi.

Ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumonlanuvchi ushlandi

Ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumonlanuvchi ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda ayol turmush o‘rtog‘ini ikki nafar voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganini bildirgan.

O‘zbekiston ilk bor American Film Market’da: ikki mashhur ko‘rsatuv mamlakatimizda suratga olinadi

O‘zbekiston ilk bor American Film Market’da: ikki mashhur ko‘rsatuv mamlakatimizda suratga olinadi

Shuningdek, AQSH va Kanada telekompaniyalari Tashkent Content Market’ga taklif qilindi.

O‘zbekistonda fuqaroliksizlikni kamaytirish: 91 mingdan ortiq kishi fuqarolik oldi

O‘zbekistonda fuqaroliksizlikni kamaytirish: 91 mingdan ortiq kishi fuqarolik oldi

1992–2016-yillarda esa bu ko‘rsatkich 482 kishini tashkil etgan.