Jahon

Olmaotadagi dahshatli yong‘in: besh kishi yong‘in qurboni bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida voyaga yetmagan bola ham bor.

Olmaotadagi dahshatli yong‘in: besh kishi yong‘in qurboni bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida sodir bo‘lgan kuchli yong‘in besh kishining hayotiga zomin bo‘ldi.



Maʼlumotlarga ko‘ra, fojia 26 noyabr kuni tongga yaqin, soat 04:00 atrofida xususiy xonadonda sodir bo‘lgan. Yong‘in haqidagi xabar favqulodda vaziyatlar xizmatiga kelib tushgach, voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borgan. Biroq ular yetib kelguniga qadar alanga butun uyni qamrab olgan edi.



Yong‘inni bartaraf etish uchun 35 nafar qutqaruvchi va 9 ta maxsus texnika safarbar etilgan. Olov taxminan 40 daqiqada o‘chirilgan.



Afsuski, qutqaruvchilar besh kishining hayotini saqlab qolishning uddasidan chiqa olmagan. Ular orasida bola ham bor.



Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Tegishli idoralar fojia tafsilotlarini o‘rganmoqda.