1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

​ Endi dorilarni elektron "zakaz qilish" mumkin

Shuningdek, MFY binolarida "Salomatlik maktablari" ochiladi.

​ Endi dorilarni elektron "zakaz qilish" mumkin

 

Prezidentning 2020-yil 12-noyabrdagi tegishli qarori asosida yurtimizda Fransiya, Germaniya, Norvegiya, Rossiya, Singapur, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi asosida davlat tibbiy sug‘urtalash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

 

Mazkur hujjatda tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangi mexanizmi, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish va uni dastlab Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan o‘tkazish, keyingi yillarda esa respublikamizning barcha viloyatlarida bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan edi.

 

O‘tgan qisqa vaqt davomida aholiga kafolatlangan paket hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar ushbu viloyatda samarali yo‘lga qo‘yildi.

 

2023-yil iyul oyidan esa davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi mexanizmlari Toshkent shahrida tatbiq etiladi.

 

Buning uchun:

 

  • poytaxtimizdagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxona kompyuter va tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi, tibbiyot muassasalari to‘liq raqamlashtiriladi;
  • 1400 ta tibbiy brigadaning 4900 nafar shifokor va hamshirasi maxsus kurslarda o‘qitiladi;
  • “elektron retsept” asosida aholining ehtiyojmand qatlamiga dori vositalarini bepul berish yo‘lga qo‘yiladi;
  • “Toshkent tajribasi” asosida ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlarda 170 ta ixcham mahalla tibbiyot punkti tashkil etiladi;
  • 579 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosida “Salomatlik maktabi” ochiladi va sog‘lom turmush tarzini faol olib borgan, yuqori natijalarga erishgan fuqarolar rag‘batlantirib boriladi.

 

Eng muhimi, tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib, ishlar to‘liq tashkil etilgandan so‘ng aholi kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish paketlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика