1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

16-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Bugun yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

16-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

16-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 3-5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

 

 

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning teziligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, baʼzi joylarda 15 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi ayrim joylarda qor yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, baʼzi joylarda 10 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 8-13 daraja sovuq bo‘ladi.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика