1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Afruza va nihoyat o‘z baxtini topdi

U o‘z prodyuseriga turmushga chiqmoqda.

Afruza va nihoyat o‘z baxtini topdi

Ayni paytda AQSHda bo‘lib turgan xonanda “Marry me” jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi. Videoda vertolyotdagi parvoz vaqtida xonandaning hamrohi unga uzuk berib, qo‘lini so‘ragani aks etgan. Afruzaning hamkasblari va kuzatuvchilari izohlarda unga baxt tilab, samimiy tilaklarini yozib qoldirmoqda.

 

Xonandaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i ijodkorga begona emas. U Afruzaning musiqiy prodyuseri hamda administratori Behruz Ahmedov ekani aytilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, Afruza taxallusi bilan ijod qiluvchi Dilafruz Rustamova 1996 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2021 yilda Prezident tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика