1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda Hakamlik sudi sudyasi 15 ming dollarlik “ishchi vizasi” sxemasida ushlandi

U oldindan olgan 4 100 dollar “avans” ini qaytarib berayotganida qo'lga tushgan.

Andijonda Hakamlik sudi sudyasi 15 ming dollarlik “ishchi vizasi” sxemasida ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Hakamlik sudi sudyasining noqonuniy harakatlari fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, sudya o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon viloyatida yashovchi ikki nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishni va’da qilib, ularidan jami 15 000 AQSh dollari talab qilgan. Jarayonni tezlashtirish bahonasida u oldindan 4 100 dollarni “avans” tariqasida olgan.

 

Biroq va’da bajarilmagach, sudya fuqarolarga ilgari olgan pulning bir qismini qaytarib berish chog‘ida DXX va Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda unga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning sanksiyasi bilan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

 

Tergov harakatlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

 

Avvalroq Toshkent shahar soliq bosh inspektori olgan porasini qaytarib berayotganda ushlangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика