San-Fransisko sudiga ayollarga kam maosh berilayotgani yuzasidan Apple kompaniyasiga qarshi daʼvo arizasi kiritildi.
Ariza Appleʼda 10 yildan ortiq ishlagan ikki ayol tomonidan topshirilgan. Daʼvo arizasida ular kompaniya Kaliforniyadagi 12 000 dan ortiq ayol xodimlarga erkaklarga qaraganda kamroq maosh to‘lashini yozishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, muhandislik, marketing va AppleCare bo‘limlarida ayollarga kam maosh to‘lanadi.
Arizada, shuningdek, Apple kompaniyasining ish haqini oshirish va bonuslar berishda qo‘llaydigan ish faoliyatini baholash tizimi ayollarga nisbatan noxolis ekanligi ko‘rsatilgan.
Daʼvogarlar Appleʼni ayollarning jinsiga qarab kamsitishda va adolatsiz biznes amaliyotlarida ishtirok etganlikda ayblamoqda.


