Sobiq Suriya rahbari Rossiyaga qochib ketgandan so‘ng ilk bor bayonot berdi. Bashar Asadning o‘z devoni Telegram-kanalida eʼlon qilingan maktubiga ko‘ra, u 8 dekabr tonggi soatlargacha Damashqda bo‘lgan. Kechqurun esa, Rossiyaning Hmeymim harbiy bazasiga "ko‘p sonli dron hujumlari" amalga oshirilgach, mamlakatni tark etgan. Maktubda aytilishicha, "bazani tark etish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, Moskva baza qo‘mondonligini Rossiyaga tezkor evakuatsiya qilishni talab qilgan".
Asad shuningdek, "Suriyada sodir bo‘lgan voqealar davomida biron marta ham isteʼfo berish yoki mamlakatni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmaganini" taʼkidladi.
Avvalroq Reuters Bashar Asad o‘z tarafdorlari va qarindoshlarini ogohlantirmasdan mamlakatdan qochib ketganini xabar qilgan edi.


