1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Bolalarni emlash butun dunyo bo‘ylab to‘xtab qoldi

Bu holat qizamiq epidemiyasiga olib kelmoqda.

Bolalarni emlash butun dunyo bo‘ylab to‘xtab qoldi

Dunyo miqyosida bolalarni emlash darajasi hali ham koronavirus pandemiyasigacha qayd etilgan darajaga yetmadi. Bu masala yuzasidan JSST va YUNISEF qo‘shma hisobotida xabar berildi.

 

“2023 yilda bolalarni emlash bo‘yicha global qamrov to‘xtab qoldi. Natijada 2,7 millionga yaqin bola to‘liq emlanmagan yoki 2019 yildagi [COVID-19] pandemiyadan oldingi darajaga nisbatan kam emlangan”, — deya taʼkidladi ekspertlar.

 

O‘tgan yili difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi vaksinaning uch dozasini olgan bolalar soni 84 foizda (108 million kishi) to‘xtab qoldi.

 

Qayd etilishicha, emlanmagan bolalarning yarmidan ko‘pi 31 ta sog‘liqni saqlash holati barqaror bo‘lmagan davlatda yashaydi.

 

“Ushbu tendensiyalar sog‘liqni saqlash xizmatlaridagi uzilishlar, logistika muammolari, emlashda ikkilanish va xizmatlardan foydalanishdagi nomutanosiblik bilan bog‘liq davom etayotgan muammolarni aks ettiradi”, - deydi mutaxassislar.

 

Emlashning kamligi allaqachon qizamiq epidemiyasiga olib kelmoqda. Kasallikka qarshi emlash to‘xtab qoldi, buning natijasida 35 millionga yaqin bola himoyasiz yoki qisman himoyalangan.

 

2023 yilda dunyodagi bolalarning atigi 83 foizi qizamiqqa qarshi emlashning birinchi dozasini muntazam tibbiy yordam doirasida olgan bo‘lsa, ikkinchi dozani olgan bolalar soni 2022 yilga nisbatan biroz oshib, 74 foizga yetdi. Bu raqamlar qizamiq tarqalishining oldini olish uchun zarur bo‘lgan 95 foiz qamrovdan ancha past.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика