Xususan, avvalroq unda ishtirok etish uchun yurtimizga Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning buyurgani haqida xabar bergan edik.
Xabarlarga ko‘ra, anjumanni yoritish uchun Toshkentga to‘qsonga yaqin jurnalist va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishgan.
Eslatib o‘tamiz, oliy darajadagi mazkur konferensiya transport-logistika, energetika, savdo, ishlab chiqarish, investitsiya, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda “Markaziy Osiyo - Janubiy Osiyo” formatidagi o‘zaro manfaatli strategik aloqa modelini ko‘p tomonlama muhokama qilish uchun siyosiy va ekspertlar maydonini shakllantirishga mo‘ljallangan.


