1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Burak O‘zchivit ustidan sud ishi boshlandi

Agar aktyorning aybi tasdiqlansa, unga 3 oydan 4 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Burak O‘zchivit ustidan sud ishi boshlandi

 

Turkiyaning Beykoz shahrida aktyor Burak O‘zchivit ustidan bir necha shaxsni ommaviy haqorat qilish ayblovi bilan sud ishi boshlandi.

 

Majlisda matbuot vakillarining ishtirok etishlari taʼqiqlangan va unda Burak O‘zchivit nomidan advokati ishtirok etgan.

 

Prokuratura Burakni jazo sifatida 49 oylik qamoq jazosini tanlab, jazolashni talab qilmoqda.

 

Yaqin kunlarda Beykozda yakuniy sud majlisi bo‘lib o‘tadi va unda yakuniy hukm chiqariladi.

 

Maʼlumot uchun: turkiyalik aktyorga nisbatan uning hamkasblari tomonidan sudga shikoyat arizasi kiritilgan. Ular “Tirilish.Usmon” serialini suratga olish jarayonida aktyor boshqalarni haqorat qilganidan norozi bo‘lishgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turk aktyori Burak O‘zchivit 4 yilga qamalishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика