Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bioxilmaxillik bo‘limi mutaxassislari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Buxoro tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, vaziyat o‘rganilgan. Surishtiruvlar natijasida qush Buxoro shaxri “Yashnabod” MFYda yashovchi fuqaro R.L ning o‘z xonadonida parvarish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi.
Qushni tabiatga qo‘yib yuborish uchun Buxoro ixtisoslashtirilgan“Jayron” pitomnigiga topshirildi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92 moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.


