1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

COVID–19 inson miyasini qaritishi mumkin

Mutaxassislar bu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

COVID–19 inson miyasini qaritishi mumkin

 

Garvard universiteti mutaxassislari COVID–19 virusiga chalingan va chalinmagan insonlardan iborat 54 kishilik guruhda tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.

 

Otopsiyalar natijasida kasallikning miyada ko‘rsatgan taʼsirlari qarishga o‘xshashligi kuzatilgan. Tadqiqot mualliflari, o‘z ishlarini COVID-19‘ni miya qarishining molekulyar ishoralariga bog‘lagan ilk tadqiqot ekanligini maʼlum qildi. 

 

“COVID-19 sababli o‘lgan bemorlarning miya to‘qimasidagi genlar ifodasining, infeksiya yuqtirmagan 71 va undan yuqori yoshlilardagiga juda ham o‘xshashligini kuzatdik”, — deya taʼkidladi mutaxassis Jonatan Li.

 

Ko‘ngillilar guruhi COVID-19‘ning og‘ir shaklidagi 21 kishi, asemptomatik ko‘rinishidagi 1 kishi va umuman infeksiya yuqtirmagan 22 kishidan iborat bo‘ldi. Prefrontal korteks namunalarini RNK ketma-ketlik texnologiyasi bilan tekshirgan olimlar, COVID-19‘ning og‘ir ko‘rinishini boshdan kechirgan bemorlarda qarish bilan bog‘liq genetik ifodasida ortish yuzaga kelganini guvohi bo‘ldi. 

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, immunitet bilan bog‘liq gen ifodasi COVID-19‘ning og‘ir ko‘rinishidagi bemorlarda keksalarda bo‘lgani kabi kamayadi. Shuningdek, sinaptik faollik, kognitiv funksiyalar va xotira bilan bog‘liq genlarning ifodasida keksalardagi kabi kamayish kuzatilgan. 

 

“DNK zararlanishiga hujayraviy javob, mitoxodrial funksiya, stress va oksidativ stressga javobni tartibga solishi, vezikulyar transport, kalsiy muvozanati va avvalroq miya qarishiga bog‘liq deb qaralgan insulin signalizatsiyasi/sekretsiyasi yo‘llarida muhim aloqalarni kuzatdik”, — deyiladi tadqiqot maqolasida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика