Venesuela fuqarosi, dunyodagi eng keksa odam Xuan Visente Peres Mora 115 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro X ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qildi.
“Dunyodagi eng keksa odam sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Peres Mora 114 yoshida vafot etdi. Men uning oilasiga va El-Kobre shahrining barcha aholisiga hamdardlik bildiraman”, — deb yozdi prezident.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Peres Mora 115 yoshga to‘lishiga 26 kun qolgandi. U nafas olish tizimidagi muammolar tufayli vafot etgan.
Erkak o‘zining uzoq umr ko‘rishini doimiy ish, yaxshi dam olish, erta uyqu va kunlik bir stakan suv ichish bilan bog‘lagan.


