1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Insoniyat uchun xavfli yangi virus aniqlandi

U kanalar orqali yuqishi maʼlum bo‘ldi.

Insoniyat uchun xavfli yangi virus aniqlandi

Pekin mikrobiologiya va epidimiologiya instituti olimlari tomonidan kanalar orqali tarqaladigan hamda asab tizimini zararlaydigan yangi virus aniqlandi.

 

Yangi virus WELV yoki patogen suv-botqoq virusi deb nomlangan. Bu virus dastlab Xitoy shimolidagi 61 yoshli erkakda aniqlangan. Erkakni Ichki Mo‘g‘uliston parkida kana chaqqan bo‘lgan. Antibiotiklar foyda bermagani va infeksiyani bakteriyalar yuzaga chiqarmaganini maʼlum qilishgan.

 

Avval WELV virusi uy hayvonlari va odamlarda kuzatilmagan. Tadqiqotchilar 14,6 mingga yaqin kanani yig‘ib, ularni turiga va joylashuviga ko‘ra guruhlarga ajratib tahlil qilishgan. Ushbu guruhlarning deyarli 2 foizi WELV genetik materialiga ijobiy natija bergan.

 

Bu virus bilan kasallangan bemorlarda bosh aylanishi, isitma, holsizlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, ich ketishi kabi umumiy alomatlar kuzatilgan. Laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra ko‘plab bemorlarda to‘qimalarning zararlanishi hamda qon ivishidagi belgilar bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика