1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Mashhur siam-egizaklar turmushga chiqdi

Nikoh kuyov va egizaklardan biri o‘rtasida tuzilgan.

Mashhur siam-egizaklar turmushga chiqdi

Teleshou orqali tanilgan egizaklar Ebbi va Brittani Xensel Amerika armiyasining sobiq harbiysi Josh Bouling bilan oila qurdi. Nikoh marosimi 2021 yili o‘tkazilgan, biroq bu haqda oradan 3 yil o‘tib, ommaga endi maʼlum qilinmoqda.

 

Egizaklar o‘zlarining Instagram sahifasiga to‘y kechasida olingan surat va videolarni joylagach, marosim haqida butun dunyo xabar topdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, nikoh kuyov va egizaklardan biri o‘rtasida tuzilgan. Chunki bir vaqtda ikki kishi bilan oila qurishga rasman ruxsat etilmagan. Shunga qaramay, Josh Bouling bungacha oila qurib, bir nafar farzand ko‘rishga ham ulgurgan. Egizaklar bilan tuzilgan nikoh uning ikkinchi oilasi hisoblanadi.

 

Er-xotin hozirda Minnesota shtatida istiqomat qiladi. Egizaklar maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars beradi, kuyov esa shifokor bo‘lib ishlaydi. Yangi oila endi farzand kutmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика