1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Mehribonlik” uylari Milliy gvardiyaga biriktirildi

“Etim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

“Mehribonlik” uylari Milliy gvardiyaga biriktirildi

 Qarorga koʼra, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (oʼquv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi. 

 Milliy gvardiya tarkibida oʼquv-tarbiya muassasalarida yoshlarning taʼlim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning boʼsh vaqtini samarali tashkil etishga masʼul Milliy gvardiya qoʼmondonining oʼrinbosari lavozimi joriy etildi.

 Qarorga koʼra, Oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (25 yoshga toʼlmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi. 

Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarning taʼlim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʼrganadi.

Oʼquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari oʼrtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholash orqali oʼquv-tarbiya muassasalarining reyting tizimi joriy qilinadi. 

 2022 yil 1 yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida oʼquv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yoʼlga qoʼyiladi. 

 2021 yil 1 noyabrdan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmalari tashkil etiladi.

Oʼquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holati har yili kamida ikki marotaba oʼrganib boriladi.

 Shunga koʼra, bu qizlar “Mehr daftari”ga kiritilib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda oʼquv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida oʼz oʼrnini topishiga koʼmaklashiladi. 

 Shuningdek, har yili 25 nafar oʼquv-tarbiya muassasalari tarbiyachilari Oʼzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика